Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ming dollar poradan bosh tortgan xodimga 10 million so‘m mukofot berildi

Ming dollar poradan bosh tortgan xodimga 10 million so‘m mukofot berildi

Foto: Kadastr agentligi matbuot xizmati

17-fevral kuni Kadastr agentligining Zangiota tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Azamat Adilovga 1000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilingan. Buning evaziga yengil tipdagi issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonining topografik s’yomkasini tasdiqlash so‘ralgan. 

Ammo bo‘lim boshlig‘i pora taklif qilayotgan fuqaro to‘g‘risida Zangiota tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan va fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlari fosh etildi.

Bugun yuqoridagi tashabbuskor xodim Kadastr agentligining Toshkent viloyatidagi barcha rahbar va xodimlar ishtirokida 10 million so‘m pul mukofoti hamda Xonobod sihatgohiga 2 kishilik yo‘llanma bilan rag‘batlantirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring