Milliarder koronavirusga chalindi
«Maykrosoft» kompaniyasi asoschisi 65 yoshli Bill Geyts koronavirusga chalindi. Amerikalik ishbilarmon bu haqda Tvitterdagi sahifasida yozib qoldirdi.
Milliarder may oyi boshida «Keyingi pandemiyaning oldini qanday olish kerak?» nomli yangi kitobini nashr etgan edi. Seshanba kuni unda «COVID-19» alomatlari sezilgan. Birlamchi ko‘riklardan keyin virus alomatlari ancha yengil va Bill Geyts esa izolyasiyada ekanligi aytilgan.
«Menda COVID uchun test ijobiy chiqdi. Yengil alomatlarni boshdan kechirmoqdaman va sog‘lom bo‘lgunimcha mutaxassislar maslahatiga amal qilaman», – deb yozdi Geyts tvitterda.
«Maykrosoft» asoschisi «Geyts jamg‘armasi» orqali kelajakdagi pandemiyalarning oldini olishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.
«Men emlanganim va ajoyib tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan baxtiyorman», – deb yozdi Geyts keyingi tvitida.
Bundan bir hafta avval AQSh davlat kotibi ham koronavirus bilan kasallangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter