Geyts asosiy boyligini qayerga sarflashini aytdi

Microsoft asoschisi Bill Geyts o‘z pullarining aksariyat qismini Afrikani rivojlantirishga sarflaydi. U Afrika ittifoqi yig‘ilishida qatnashdi.
«O‘z pullarimni xayriyaga sarflashimni yaqinda aytgandim. Uning katta qismi shu yerda, Afrikadagi muammolarga ko‘mak uchun sarflanadi», — dedi Geyts.
Afrikaga pullar Gates Foundation xayriya jamg‘armasi orqali o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts kelgusi 20 yil davomida boyligining 99 foizini xayriyaga sarflashini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng Geyts xayriya jamg‘armasi 2045-yil 31-dekabrida yopiladi. Yigirma yil mobaynida 200 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ xayriya qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter