Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

MIB tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Majburiy ijro byurosining Jizzax va Samarqand viloyatlari boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Bekzod Shoimovich Mengliyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bungacha ushbu lavozimda Sur’at Jabborov faoliyat yuritgandi.

B.Mengliyev 1985 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2009 yilda Sud ijrochilari Toshkent viloyati Toshkent tuman bo‘limi sud ijrochisi vazifasidan boshlagan. 2015 yilda Sud departamenti Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

So‘ngra, 2017 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining bo‘lim bosh inspektori lavozimida o‘z ishini davom ettirgan.

Mazkur tayinlovga qadar, B.Mengliyev Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Sur’at Shuhratovich Jabborov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bungacha ushbu lavozimda Mehroj Nasrullayev faoliyat yuritgandi.

S.Jabborov 1976 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2002 yilda Samarqand viloyati Siyob tuman prokuraturasi ish o‘rganuvchisi vazifasidan boshlagan.

So‘ngra, Samarqand viloyati, Toshkent shahar va Jizzax viloyati prokuratura organlarida turli lavozimlarda ish olib borgan.

2017 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida o‘z ishini davom ettirgan.

Mazkur tayinlovga qadar, S.Jabborov Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring