MIB qarzdorning 10 ta avtotransport vositasini xatladi
Majburiy ijro byurosining Kogon shahar bo‘limi tomonidan Kogon tumanlararo sudining 2018-yil 25-maydagi qarzdor 6-son «Neftgazqurilishta’mir» AJdan respublika budjeti foydasiga 622,5 mln. so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, qarzdorga tegishli bo‘lgan «Kaptiva», «MIDIBUS SAZNP21», «AVEO», «GBASNG NEXIA GL», «Gaz 531201ATs36» rusumli va boshqa jami 10ta avtotransport vositalari ro‘yxatga olinib xatlangan.
Ushbu ko‘chmas mulk ob’yektlari 2018-yil 25-oktyabr kuni «E-IJRO AUKSION» tizimiga elektron onlayn auksion savdolarini tashkil etish uchun joylashtirilgan.
Mol-mulk sotuvidan kelib tushgan pul mablag‘lari hisobidan qarzdorning respublika budjeti oldidagi qarzdorligini qoplash belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter