Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB qarzdorning nozik joyidan tutdi va...

MIB qarzdorning nozik joyidan tutdi va...

Toshkent shahar iqtisodiy sudi bir xo‘jalik yurituvchi sub’yektdan boshqasi foydasiga 66.683.43 AQSh dollari va 4.993.632 so‘m miqdorida qarzdorlikni undirishni belgilagandi. Sud hujjati ijrosi MIBning (Majburiy ijro byurosi) Yunusobod tuman bo‘limi chekiga tushdi. Biroq davlat ijrochisi qancha harakat qilmasin — ish oldinga siljigani yo‘q. Qarzdor korxona mutasaddilariga yaxshi gapirdi, tartib-qoidalarni tushuntirdi, ixtiyoriy muddat berdi — natija bo‘lsa, qani?!

MIBchi «qarzdor tomon gapga kirmas ekan, bor-e», deb ketvorarmidi?! Yaxshi gap, tushuntirishlar kor qilmagach, qarzdor korxona balansini «tit-pitisini» chiqarishi jarayonida buyuk fizik Arximed kabi «evrika!» devorgan bo‘lsa, ajabmas. Chunki qarzdor korxonaning «Mercedes Benz AMG» rusumli avtotransporti borligi ayon bo‘ldi-da. Bu yog‘iga ishlar oson ko‘chdi: qimmatbaho mashinani xatlagani hamono «pul yo‘q» deb turgan korxona mutasaddilari «yo‘qni yo‘ndirib», kerakli mablag‘ni topdi va undiruvchi hisob-raqamiga o‘tkazib berdi.

MIBchilar ijro jarayonida qarzdorlarning nozik joyidan tutishni biladi-i...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring