Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimlariga hayitlik berdi

MIB xodimlariga hayitlik berdi

Ramazon hayiti arafasida Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi rahbariyati xayrli ishga qo‘l urdi. Boshqarma va tuman bo‘limlarida mehnat qilayotgan 30 nafarga yaqin xodimga bir martalik (oziq-ovqat to‘plami xaridi uchun) vaucher hadya qilindi.

Hadya — ehsonning bir turi, muqaddas manbalarda bir-biringizga tabassum hadya qilib bo‘lsayam savobga oling, mazmunida hikmat bor. Savobli amallarni esa yaqinlardan boshlash tavsiya  etiladi. Ishxona bejizga ikkinchi oilaga mengzalmaydi, bir jamoada ishlaydigan ko‘pchilik og‘a-ini bo‘lib ketganiga misollar har qadamda uchraydi.

Qisqasi, MIB poytaxt boshqarmasi mutasaddilari muborak sana arafasida  xayrli ishga qo‘l urarkan,  ro‘yxat boshiga hayitlikka haqliroq xodimlarini yozishgani aniq. Biroq bu faqat ma’lum toifadagi xodimlargagina e’tibor qilinadi, degani emas. Yil davomida barcha xodimlarga bunday e’tibordan bahramand bo‘lishadi, nasib. Chunki, bu mavsumiy tadbir emas, balki an’anaga aylanishi kutilayotgan aksiya, uning hatto o‘z nomi bor: «Biz birgamiz, yakdilmiz, ko‘makdoshmiz».

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring