Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB Namangan viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

MIB Namangan viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga MIB axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Bekzod Mirzaahmedov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bungacha ushbu lavozimda Dilmurod Umaraliyev faoliyat yuritgan va Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i bilan Namangan viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

B.Mirzaahmedov 1982 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. U 2003-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2017 yildan esa Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida o‘z ishini davom ettirgan.  Mazkur tayinlovga qadar B.Mirzaahmedov Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi tumanlararo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring