Metroda qizni yashirincha suratga olgan koreyalik teleboshlovchi ustidan sud hukmi e’lon qilindi
Janubiya Koreya televideniyesining SBS yangiliklar dasturi sobiq boshlovchisi Kim Son Chju metroda qizni yashirincha suratga olgani uchun olti oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar berdi.
Seul sudi, shuningdek, 56 yoshli teleboshlovchiga shahvoniy jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan 40 soatlik davo kursini tayinlagan.
Televideniye xodimi qamalishiga sabab bo‘lgan hodisa 2019-yil iyul oyida sodir bo‘lgan. U kechasi Seul metropolitenining «Yeongdeungpo Ward Office» stansiyasida ayolning oyoqlarini mobil telefonida suratga olgan.
2019-yil dekabrda unga ayblov e’lon qilingan. Prokurorlar Kim uchun bir yillik qamoq jazosini talab qilishgan. Teleboshlovchi aybiga iqror bo‘lgan va jabrlanuvchidan uzr so‘ragan. Biroq uning ta’kidlashicha, sud jarayonida qonunbuzarliklar kuzatilgan. Jumladan, tintuv va musodarani noqonuniy deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter