Metro qurilishi sabab Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish ishlarining ikkinchi bosqichi amalga oshirilib, yer osti o‘tish yo‘lini qurish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan quyidagi 2 yo‘l 12-dekabrga qadar yopiladi:
1. Ahmad Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasi kesishmasi orasidagi (Yunusobod bozori yonida) 3 tomonlama harakatlanish yo‘lining 1 qismi;
2. Ahmad Donish ko‘chasining («Uch baqaloq» kafesidan) Yunus ota ko‘chalari kesishmasi orasidagi yo‘l.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter