Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Metall kesuvchi» firibgar ushlandi

«Metall kesuvchi» firibgar ushlandi

Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi

Jizzax shahrida yashovchi N.A. (1980-y.t.) ichki ishlarga arz qildi. Aytishicha, u metall buyumlarni lazerda kesish xizmati to‘g‘risidagi Olx.uz saytida joylangan e’longa asosan ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilgan va ushbu xizmatdan foydalanish uchun noma’lum shaxsning bank kartasiga  2 640 000 so‘m pulni o‘tkazib bergan. Biroq unga hech qanaqangi xizmat ko‘rsatilmagan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida ushbu jinoyat Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi, muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan I.X. (1998-y.t.) tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

I.X. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, o‘zaro kelishuv (aldov) yo‘li bilan pullarni olgan.

I.X.ga nisbatan yana Jinoyat kodeksining  168-moddasi (3-qism) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring