Metall zavodidagi «portlash» videosiga rasmiy izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda metall zavodidagi yong‘in va buning natijasida jarohatlanganlar borligi haqida video tarqaldi. «O‘zmetkombinat» AJ axborot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa aslida 11-sentyabr kuni soat 01:15 da bo‘lgan. Bunga sabab pechda eritilgan metallning kimyoviy tarkibidagi uglerod miqdori 0,93%ni tashkil etgani va bu holatda uglerod miqdorini kamaytirish uchun texnologik jarayonda pechga kislorod yuborilishi ko‘zda tutiladi.
Videoda tasvirlangan holat texnologik jarayonga kiradi va mazkur hodisada tan jarohati olgan deb aytilgan ishchilar aslida hech qanday tan jarohati olmagan va shu kunning o‘zida ishlarini davom ettirishgan. Bugungi kunda ham ularning salomatliklari yaxshi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga xabar berilgan va bugungi kunda qo‘mita mutaxassislari o‘rganish ishlarini davom ettirishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter