Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meta, Google, Apple… – xorij kompaniyalari O‘zbekistonda qancha soliq to‘layotgani aytildi

Meta, Google, Apple… – xorij kompaniyalari O‘zbekistonda qancha soliq to‘layotgani aytildi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida 101,9 mlrd so‘m soliq to‘langan.

DSQ ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘p.

Ushbu kompaniyalar ko‘rsatgan xizmat hajmi esa, 9 oylik hisobotlarga ko‘ra, 849,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

To‘langan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ya’ni:

  • Meta - 41,1 mlrd so‘m;
  • Google - 26,1 mlrd so‘m;
  • Apple - 22,6 mlrd so‘m;
  • Amazon - 3,7 mlrd so‘m;
  • Vooking.som - 2,2 mlrd so‘m;
  • Zoom - 1,4 mlrd so‘m;
  • Netflix - 1,3 mlrd so‘m;
  • Acca - 1,2 mlrd so‘m;
  • Yandex Europe - 1,1 mlrd so‘m;
  • Xsolla - 900,3 mln so‘m.

Qayd etilishicha, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring