Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Merkel: Rossiya bilan G7 bo‘yicha aloqalar saqlanib qoladi

Merkel: Rossiya bilan G7 bo‘yicha aloqalar saqlanib qoladi

Foto:«Elle»

«Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi doimiy ikki tomonlama aloqa, shuningdek, «G7» bo‘yicha aloqalar o‘z holicha saqlanib qoladi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel bundestagdagi «hukumat soati» doirasida ma’lum qildi», — deb yozmoqda «RIA Novosti».

«Avval ham aytganimdek, doimiy aloqalar, «G7» formati bo‘yicha aloqalar mavjud. Fikrlarimizda qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lsa-da biz bir-birimiz bilan so‘zlashishimiz lozim», — dedi Merkel.

Shuningdek, Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olgach Rossiyaning «G8»dan chiqarib yuborilishi tabiiy hol ekanini, chunki bu xalqaro format «xalqaro huquqlarga rioya qilishga qaratilganini» ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring