Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksika Ekvador bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Meksika Ekvador bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Kitodagi Meksika elchixonasiga hujum.

Foto: Dolores Ochoa/AP/picture alliance

Ekvador politsiyasi Kitodagi Meksika elchixonasiga kuch ishlatib bostirib kirib, Mexiko siyosiy boshpana bergan mamlakat sobiq vitse-prezidenti Xorxe Glasni hibsga oldi.

Shundan so‘ng Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador o‘z tashqi ishlar vaziriga Ekvador bilan diplomatik aloqalarni uzishni topshirdi. Bu haqda Meksika prezidenti 6-aprel kuni (Yevropa vaqti bilan) X (sobiq (Twitter) orqali xabar berdi.

Elchixonaga politsiya hujumidan bir necha soat avval Meksika Xorxe Glasga siyosiy boshpana berishga rozilik bergandi.

Bundan tashqari, Meksika tashqi ishlar vaziri Alisiya Barsena ta’kidlashicha, Mexiko xalqaro huquqni buzgani uchun Ekvadorni Xalqaro sudga beradi. TIV rahbarining aytishicha, hujum oqibatida meksikalik bir necha diplomat jarohatlangan.

Glasni Ekvador hukumati poraxo‘rlik va korrupsiyada ayblayapti. U 2017-yildan 2022-yilgacha Ekvador qamoqxonasida bo‘lgan.

Meksika elchixonasiga hujumni prezident Lopes Obrador «xalqaro huquq va uning mamlakati suverenitetini o‘ta qo‘pol ravishda buzish, deb atadi.

Undan sal avval Ekvador prezidenti ofisi o‘z bayonotida «Ekvador — suveren davlat» ekanini va Kito «hech bir jinoyatchining ozodlikda qolishiga yo‘l qo‘ymasligini» ma’lum qilgandi.

Ekvador sobiq vitse-prezidentining Kitodagi Meksika elchixonasi hududida hibsga olinishini kuzatgan ekspertlar buni «Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining qo‘pol buzilishi, deya ta’riflab, Meksika va Ekvador hukumatlari o‘rtasiga nifoq soladi.

Qiziq fakt: «WikiLeaks» asoschisi Julian Assanj 2012-yilda Londondagi Ekvador elchixonasidan boshpana topgan va yetti yil — Ekvador huqumati uning siyosiy qochoqlik mavqeini bekor qilganiga qadar shu yerda yashagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring