«Meizu»ning eng qimmat telefoni sotuvga chiqdi (foto va video)

«Meizu» kompaniyasi o‘zining eng qimmat bo‘lishi kutilayotgan 17 Pro Kiln Art Collector’s Edition smartfoni haqida ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda «Mydrivers.com» xabar berdi.


Qayd etilishicha, yangi telefon Xitoyning Sun sulolasi davridagi chinni idishlar rangida bo‘lib, 9999 yuanga baholanmoqda. Bu qariyb 1400 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.


Konfiguratsiya nuqtai nazaridan smartfon LPDR5 xotirasi bilan standart bo‘lib, simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, 3D kamera, AR o‘lchagich, AR tungi ko‘rish moslamasi va boshqa funksiyalar bilan jihozlangan.

Ma’lumot uchun: «Meizu» kompaniyasiga 2003 yilda Xitoyning Chjuxay shahrida Jek Vong tomonidan asos solingan. Ayni vaqtda u Xitoydagi smartfon ishlab chiqaruvchilar eng yirik o‘nligiga kiradi.
Nurillo To‘xtasinov
tayyorladi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter