Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehmonxonalarga imkoniyati cheklanganlar uchun sharoit yaratishga subsidiyalar ajratiladi

Mehmonxonalarga imkoniyati cheklanganlar uchun sharoit yaratishga subsidiyalar ajratiladi

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024 yildagi «To‘siqsiz turizm orqali turizm  imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 498-qarori qabul qilindi.

Prezidentning 12.01. 2024 yildagi PQ-20-sonli qaroriga muvofiq, 2024 yil 1 apreldan 2026 yil 1 aprelgacha mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli chorak yakunlari bo‘yicha Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkazilgan turistik (mehmonxona) yig‘imlari hisobidan subsidiya ajratiladi.

Hujjat bilan mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga imkoniyati cheklangan shaxslar uchun infratuzilmani moslashtirish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun subsidiyalar so‘rab murojaat qilish tartibi;
  • arizalarni ko‘rib chiqish va subsidiyalar ajratish tartibi;
  • subsidiya ajratishni rad etish asoslari.

 Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik aravachalaridan foydalanishi uchun mehmonxonaning kamida uchta xonasi qulay jihozlangan, shuningdek eshitish va ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun displey va ovozli qurilmalar o‘rnatilgan taqdirda, ushbu tadbirkorlik sub’yektlariga maxsus jihozlangan har bir xona uchun quyidagi miqdorda subsidiya beriladi:

  • yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga - 2 million so‘m;
  • toifaga ega bo‘lmagan mehmonxonalarga - 1 million so‘m.

Subsidiya olish uchun tadbirkor YaIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 13 avgustdan kuchga kirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring