Ertaga Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
7-oktyabr, juma kuni Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Ertaga Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda ishlaydi. Bir qator xalqaro telefon suhbatlari rejalashtirilgan. Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi», – dedi u.
Peskov buni kelgusi hafta Ostonada bo‘lib o‘tadigan MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish oldidan muhim voqea deb atadi.
MDH davlatlari rahbarlarining so‘nggi norasmiy uchrashuvi 2021-yilning 28-dekabrida bo‘lib o‘tgan va o‘shanda ham Putin hamkasblarini shimoliy poytaxt – Sankt-Peterburgga taklif qilgan edi.
Unda mezbon Rossiya davlati prezidenti hamda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari rahbarlari, shuningdek, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter