Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hokim o‘rinbosarlariga hayfsan berildi

Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda ayrim amaldorlar jazolangani ma’lum bo‘ldi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga 8 milliard 600 million dollar investitsiya keldi.
«Lekin ko‘p vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar “investitsiya o‘zi bo‘laveradi”, degan fikr bilan yuribdi, dunyoqarashini haligacha o‘zgartirmagan», — dedi Prezident.
O‘tgan hafta sohadagi muammolar tanqidiy muhokama qilinib, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlariga “hayfsan” berilgan, Kattaqo‘rg‘on, Navoiy, Yangiyo‘l, Jizzax shaharlari, Yangiobod, Mirzaobod, Bo‘ka va Nukus tumanlari hokimlari ogohlantirilgan.
«Pul tikaman degan tayyor investorlarni masalasini tez-tez hal qilish o‘rniga, ko‘p rahbarlar byurokratiya qilgani uchun, sarmoyadorlar ketib qolayapti», — deya qat’iy e’tiroz bildirdi davlatimiz rahbari.
Har bir hudud va tarmoq kesimida mas’ul rahbarlar faoliyatiga baho berilishi va xulosa qattiq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter