Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus komissiya qarori bilan yangi o‘zgarishlar joriy etildi (infografika)

Maxsus komissiya qarori bilan yangi o‘zgarishlar joriy etildi (infografika)

Foto: IIBB

«Yuksalish» umummilliy harakati Respublika maxsus komissiya qarori bilan joriy etilgan o‘zgarishlar haqida infografika tayyorladi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq:

2020 yil 10 mayga qadar

  • Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha cheklovlar choralari uzaytiriladi.
  • Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan bog‘liq barcha litsenziyalar bo‘yicha ariza qabul qilish va litsenziyalarni ko‘rib chiqish hamda berish vaqtincha to‘xtatiladi.

2020 yil 1 iyunga qadar

  • Xorijiy fuqarolarga berilgan viza muddatlari avtomatik tarzda uzaytiriladi.
  • Vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar fuqarolariga mamlakatdan chiqib ketishiga ruxsat beriladi. Ularga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.

Muddati tugaydigan quyidagi hujjatlarning amal qilish muddati 2020 yil 1 iyulga qadar uzaytirilgan deb hisoblanadi:

— barcha ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan litsenziya va ruxsatnomalar;

— shaxsni tasdiqlovchi;

— avtotransport vositalarini boshqarish uchun talab qilinadigan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring