Maxachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar: 20 kishi jabrlandi
Maxachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar natijasida 20 kishi jabrlandi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Dog‘iston poytaxti Maxachqalada 29 oktyabr kechqurun antisemit aksiyasi o‘tkazgan mingga yaqin kishi Tel-Avivdan uchib kelgan samolyotda «yahudiylarni topish va shaharga kiritmaslik» maqsadida aeroportini bosib olgan.
Jabrlanganlar orasida politsiya xodimlari va tinch aholi vakillari bor. Ularning 10 nafari Maxachqal’adagi turli klinikalarda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ikki nafarining ahvoli og‘ir, yana 10 nafari yengil tan jarohati olib, ambulator yordam so‘ragan.
Respublika Ichki ishlar vazirligi tartibsizliklarda ishtirok etgan har bir shaxsning shaxsini aniqlashga va’da berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter