«Masxaraboz GAI» ishdan haydaldi
Joriy yilning 9-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Ohangarondagi masxaraboz GAI!» sarlavhasi ostidagi videolavha tarqalgandi.
Ushbu vaqtda, tungi xizmatga jalb qilingan Ohangaron shahar IIB YHXB Ma’muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori D.Mashkurov IIO xodimini obro‘sizlantiruvchi xatti-harakatlar qilgan. Xodimning bu xatti-harakati haydovchining tasvirlariga muhrlangan.
Bugun tarqalgan xabarlarga ko‘ra, inspektor D.Mashkurovga nisbatan «egallab turgan lavozimidan ozod etilib, kelgusida YHX bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlanishi» jazosi e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter