Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast holda boshqarilgan avtomobil musodara qilinmaydi

Mast holda boshqarilgan avtomobil musodara qilinmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Mast holda avtomobil boshqargan shaxslarning transport vositalari davlat foydasiga musodara etiladi» degan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya ma’lum qildi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Qayd etilishicha, mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Loyihada ushbu qoidabuzarlik takroran sodir etilsa jinoiy javobgarlik belgilash ham taklif etilgan.

«Mazkur loyihada mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jazo sifatida «transport vositasini davlat foydasiga musodara qilish» taklif etilmaganligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring