Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast haydovchi sabab bir oilaning ikki a’zosi vafot etdi

Mast haydovchi sabab bir oilaning ikki a’zosi vafot etdi

Foto: IIV Yo‘l Harakati Xavfsizligi Bosh Boshqarmasi

4-may kuni Urgut tumanida 27 yoshli F.R. «VAZ-2106» mashinasini mast holatda boshqarib kelayotgan vaqtida, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan haydovchi 29 yoshli Z.A.ning boshqaruvidagi «Gaz-5327» rusumli yuk transport vositasining o‘ng yon tomoniga urilib, YTH sodir qilgan.

To‘qnashuv natijasida, «Gaz-5327» yo‘lovchilari (haydovchining turmush o‘rtog‘i va farzandi) 22 yoshli D.S. va voyaga yetmagan 2 yoshli A.N.lar og‘ir tan jarohati olib hodisa joyida vafot etganlar.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring