Maskning ukasi inqilob qilmoqchi
Butun dunyoga o‘zining «Tesla» va «SpaceX» loyihalari bilan tanilgan Elon Maskning ukasi haqida eshitganmisiz? Kimbal Mask 90-yillarda akasiga hozirda «PayPal»ga aylangan kompaniyani ishga tushirishda yordam bergan. Biroq uning qiziqishlari mutlaqo o‘zgacha, deb xabar beradi «Hi-News».
Kimbal hamon akasi bilan «Tesla» va «SpaceX» loyihalarida birga ishlaydi. Biroq uning shaxsiy korxonasi yuqori kaloriyali mahsulotlar o‘rniga inson sog‘ligi uchun ancha foydali bo‘lgan yeguliklarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Mask doim pazandalikka qiziqib kelgan, bu yo‘nalishda maxsus kurslarda o‘qigan. 2001 yilda sodir bo‘lgan terakt uning qarashlarini butunlay o‘zgartirib yubordi.
«Men Xalqaro savdo markazining yaqinida yashar edim va oynadan binolarning qulayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Bu juda og‘ir edi. O‘sha vaqt meni o‘t o‘chiruvchilar uchun ko‘ngilli sifatida ovqat tayyorlashga taklif etishdi. Bu jarayon menga jamiyatning kuchini ko‘rsatib berdi, yegulik odamlarni eng og‘ir sharoitda ham birlashtiradi», — deydi kichik Mask.
Mask hamkori Xyugo Mateson bilan birgalikda 2004 yili «The Kitchen» restoraniga asos solgan. Shundan so‘ng «The Kitchen» restorani «Kitchen Restaurant Group» tarmog‘iga aylanib ketdi va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bilan shug‘ullana boshladi.
Mask «Square Roots» startapi orqali transport konteynerlarini amalga tadbiq etish niyatida. Mazkur konteynerlar shahardagi fermalar vazifasini bajaradi.
U 2011-yilda Mask maktablardagi o‘quvchilarga yegulik yetkazib beruvchi «Big Green» notijorat tashkilotining asoschilardan biriga aylangan.
Ayni vaqtda «Big Green» AQShning yettita shtatidagi 460 000 dan ortiq talabaga xizmat ko‘rsatadi va 2020 yilga borib ularning soni 1 millionga yetishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter