Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 soniyada 100 km/soat tezlik: yangi «Tesla» haqida ma’lumot berildi

3 soniyada 100 km/soat tezlik: yangi «Tesla» haqida ma’lumot berildi

Foto: «NV.ua»

«Tesla» kompaniyasi rahbari Elon Mask yangi «Model 3» elektromobilining ayrim texnik tavsiflari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Mask o‘zining «Twitter»dagi sahifasiga yozib qoldirgan, deb xabar qiladi «NV.ua».

Muhandislarning ma’lum qilishicha, ikkita dvigatel avtomobilning old qismiga joylashtiriladi. Ulardan biri quvvat uchun, ikkinchisi — aylanishlar diazpazoni uchun. Avtomobil dvigatellardan biri ishdan chiqqan taqdirda ham normal harakatni davom ettiraveradi.

«Bu favqulodda holatlarda qolib ketmasdan, o‘z manzilingizga yetib olishda yordam beradi», — deb ta’kidlaydi Mask.

Elektromobil soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana oladi. 100 km/soat tezlikka esa 3,5 soniyada chiqadi. Batareyalarining bir martalik quvvati 500 kilometrga yetadi.

Avtopilot boshqaruvisiz yangi «Tesla Model 3» 78 ming dollar turadi.

«Model xuddi «BMW M3» kabi, biroq undan 15 foizga tezroq hamda uni boshqarish oson», — deb yozadi Mask.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring