2022 yilni zarar bilan yakunlagan milliarderlar «beshtaligi»
90-yillar oxiridagi «dot-kom» (biznes modeli to‘liq internetda ishlashga asoslangan kompaniyalar)ning gullab-yashnashi davrida Bill Geyts boyligi 100 milliard dollarga teng bo‘lgan birinchi shaxs bo‘lgan va u bu rekordini 2017-yilgacha saqlanib qolgan edi. Bu marrani undan so‘ng birinchi bo‘lib 2020-yil avgustida 200 milliard dollar jamg‘argan Jeff Bezos zabt etgan.
2020-yil oxiriga kelib 100 milliard dollarlik rekord o‘z ahamiyatini yo‘qota boshladi va o‘sha yilning o‘zida shuncha mablag‘i bor milliarderlar 10 nafarga yetdi. Ular orasida hech biri Ilon Maskdan bu borada o‘tib ketolmas edi (272 milliard dollar). Hatto o‘sha ro‘yxatdagi ikkinchi o‘rinda qayd etilgan LVMH kanglomerati egasi frunsuz Bernard Arno ham 72 milliard dollar kamroq boylikka egalik qilgan.
O‘tgan 2022 yilda Mask yana rekord o‘rnatdi: u bir kalendar yilida 100 milliard dollardan ko‘proq yo‘qotgan ilk odam bo‘ldi. Mask 2022-yilni taxminan 147 milliard dollar mablag‘ bilan yakunladi. Uning 2021-yil oxiriga nisbatan yo‘qotgan mablag‘i esa rekord darajani – 125 milliard dollarni tashkil qilgan. Kuzatishlarga ko‘ra, o‘tgan yilning aprelida Maskning Twitter platformasini 44 mlrd dollarga sotib olgani fonida Tesla aksiyalarining 65 foizga tushib ketgan. Seshanba, 5 yanvar holatiga esa uning boyligi yana 10 milliard dollarga kamayib, 137 milliard dollarga tushgan. Bu esa 2021-yil noyabridagi 320 milliard dollarlik cho‘qqidan 183 milliard dollarga kam degani.
Ammo Forbes nashriga ko‘ra, Mask o‘tgan yilni yo‘qotishlar bilan yakunlagan yolg‘iz milliarder emas.
Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos ham 2022-yilda 85 milliard dollar yo‘qotdi. Bunga kompaniya aksiyalarining 50 foizga arzonlashgani sabab bo‘lgan.
Meta Platforms (sobiq Facebook) egasi Mark Sukerberg esa 2022 yilni kompaniya aksiyalari narxining 64 foizga arzonlashib ketgani sabab 77 milliard dollar zarar bilan «yopdi».
Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brinlarning har biri esa qariyb 45 milliard dollar yo‘qotdi. Bunga Alphabet loyihasi aksiyalarining 39 foizga arzonlashgani sabab bo‘lgan.
Darvoqe, ular o‘z davrida bir kalendar yilida eng ko‘p pul ishlab olganlar «o‘ntaligi»dan joy olishgan. Jumladan, Mask 2020-yilda 129 milliard dollarga, 2021-yilda esa 116 milliard dollarga, Bezos 2020-yilda 75 milliard dollarga, Peyj va Brin mos ravishda 2021-yilda 46 milliard va 44 milliard dollarga boyigan edilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter