Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Prezident farmoni bilan Melibayev Sodir Adilovich Markaziy banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Uning zimmasiga buxgalteriya hisobi va hisoboti, xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish, to‘lov tizimlari, axborot texnologiyalari hamda respublikada HUMO milliy to‘lov tizimi faoliyatining uzluksiz ishlashini nazorat qilish vazifalari yuklatilgan.
Shu kungacha S.Melibayev Markaziy bankning Axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
S.Melibayev 1969-yilda tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U bank tizimida 15 yillik ish tajribasiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter