Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank boshqaruvi 2023-yil 4-maydagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
«Ayni paytda, bazaviy inflyasiya darajasining umumiy inflyasiyadan yuqoriligi iqtisodiyotda ma’lum bir inflyasion xatarlarni saqlanib qolayotganligi ifodalaydi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasidagi narxlarda barqaror o‘sish tendensiyalari kuzatilmoqda. Aksariyat mamlakatlarda bazaviy inflyatsiyaning yuqoriligicha qolayotganligi, qat’iy global moliyaviy sharoitlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishi bo‘yicha ehtimollarni kuchaytirmoqda», – deydi yig‘ilishda MB Boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov.
Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023-yil 15-iyunga belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter