Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank Boshqaruvining 2024-yil 25-yanvardagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, iqtisodiyotdagi yuqori talab dinamikasi ta’sirida shakllanayotgan kutilamalarni inobatga olib asosiy stavka darajasi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, asosiy ssenariy bo‘yicha 2024-yilda umumiy inflyasiya 8-9 foiz, bazaviy inflyasiya darajasi esa 7-8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

«Markaziy bank asosiy stavka bo‘yicha kelgusi qarorlarini umumiy inflyasiyaning yangilangan prognozlaridan kelib chiqib qabul qiladi va inflyasiyaning 5 foizlik target ko‘rsatkichiga erishish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini ta’minlab boradi», – deyiladi MB press-relizida.

Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2024-yil 14-martga belgilandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring