Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Marafon uchun tug‘ilganlar»: Efiopiyaliklar Parijni ham zabt etishdi

«Marafon uchun tug‘ilganlar»: Efiopiyaliklar Parijni ham zabt etishdi

Foto: «Htnewz»

Efiopiyalik Dezo Jelmiza Parijda o‘tgan 45-xalqaro marafonda 2 soat 5 daqiqa 7 soniya natija bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

24 yoshli Jelmiza vatandoshi Sayfa Turuni atigi bir necha soniyaga ortda qoldirdi.

Uchinchi o‘rinni 2 soat 5 daqiqa 22 soniya, ya’ni o‘z mamlakati uchun yangi rekord ko‘rsatkich bilan fransiyalik Morhad Amduni egalladi.

Ayollar o‘rtasida 2 soat 19 daqiqa 48 soniyada finishga yetib kelgan keniyalik Judit Jeptom marafon g‘olibasi bo‘ldi.

21-mart kuni Rim 27-xalqaro marafonida ham Efiopiya yuguruvchilari mutlaq zafar quchgan: erkaklar oltin va kumush, ayollar oltin va bronza medallarni qo‘lga kiritgandi.

Uzoq masofaga yugurishda efiopiyaliklarga birgina janubdagi qo‘shnisi keniyaliklar bas kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring