Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mansabdorlar rus o‘qituvchilari bahonasida katta miqdorda pul o‘zlashtirishdi

Mansabdorlar rus o‘qituvchilari bahonasida katta miqdorda pul o‘zlashtirishdi

Foto: Xabar.uz

A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti mansabdor shaxslarining katta miqdorda pul o‘zlashtirishgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, institut tomonidan vazirlikning «Zo‘r» («Klass») loyihasi doirasida 2021-2022 o‘quv yillarida hududlardagi maktab o‘quvchilariga rus tilini o‘rgatish uchun 150 nafar rossiyalik mutaxassisning tashrifi ko‘zda tutilgan hamda ularning uy ijarasi uchun «Araks Trade Business» MChJ bilan 8 mlrd 473,4 mln so‘mlik shartnoma imzolangan. Ushbu shartnoma kompleks ekspertizadan o‘tkazilmagan va uni tuzishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan.

Ma’lum qilinishicha, «Araks Trade Business» MChJning 2013-2021 yillardagi ta’sischisi K.F. bo‘lib, u 2018 yil buyon Pedagoglarning kasbiy rivojlantirish  va yangi metodikalarga o‘rgatish bo‘yicha milliy tadqiqot institutida o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlaydi.

Shartnomaga muvofiq, 149 ta uy-joy ijarasi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haqiqatda sarflangan mablag‘lardan kelib chiqib, institut tomonidan harajat qilingan summa 4 mlrd. 858 mln so‘mni tashkil etgan. Biroq 2021 yil sentyabr — 2022 yil iyun oylarida Rossiya Federatsiyasidan amalda kelmagan 31 nafar o‘qituvchiga 4 oydan 10 oygacha yashamagan ijara uy-joylari uchun 569.4 mln so‘m ortiqcha to‘langan. Shuningdek, uy-joy ijarasi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 4 mlrd 858 mln so‘m to‘lanishi lozim bo‘lsa-da, institut tomonidan 7 mlrd 052 mln so‘m mablag‘ o‘tkazib berilishi hisobiga «Araks Trade Business» MChJga 2 mlrd 194,2 mln so‘m mablag‘ ortiqcha to‘lab berilgan va bu mablag‘ keyinchalik o‘zlashtirilgan.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Institut va «Araks Trade Business» MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va  Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan. 

Ayni paytda holat bo‘yicha sud jarayonlari kechmoqda, deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabarida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring