Mang‘istovda ro‘y bergan fojia qurbonlari soni yana bittaga ko‘paydi

Kecha, 1-mart kuni Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani haqida xabar bergan edik.
Sayotes qishlog‘i yaqinida «Oqtov — Beynov» avtoyo‘lida «Shacman» yuk mashinasi «Lada Largus» yengil avtomobili bilan to‘qnashib ketishi oqibatida olti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi YTH oqibatida mashinada yong‘in sodir bo‘lgani va halok bo‘lganlarning barchasi Xorazm viloyatidan ekanini bildirib, ularning dastlabki ro‘yxatini keltirgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, fojia qurbonlarining soni 6 emas, yetti kishidan iborat. Ro‘yxatga 1991-yilda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumanida istiqomat qilgan Masharipov Sanjar Turdiyevich ham qo‘shilgan. U ham «Lada Largus» yo‘lovchilaridan biri edi.
«Xabar.uz» ushbu fojiada halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter