Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya sababli 2022-yilda mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashadi — Jahon banki

Pandemiya sababli 2022-yilda mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashadi — Jahon banki

Foto: «Financial Times»

Jahon banki prognozlariga ko‘ra, pandemiya tufayli jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 2021-yil yakunidagi 5,5 foizdan 4,1 foizga pasayadi.

Dunyoning ilg‘or mamlakatlari iqtisodiyotlari haqidagi prognozlar ham pasayishni ko‘rsatmoqda. Xususan, AQShda yalpi ichki mahsulot (YIM) o‘sishi 2021-yildagi 4,2 foizdan 2022-yilda  3,7 foizga tushishi kutilyapti.

Jahon banki Xitoy iqtisodiyoti uchun ancha tushkun prognoz berdi: 2021 yildagi 8 foizlik o‘sishdan so‘ng, bu yil XXRda YIM o‘sishi faqat 5,1 foiz atrofida bo‘lishi mumkin.

Yevrozona YIM o‘sishi bo‘yicha prognoz 4,4 foizdan 4,2 foizga pasaytirildi (2021-yil yakuniga kelib 5,2 foizlik o‘sish qayd etilgandi).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring