Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabda smartfonlarni taqiqlash bolalarga qanday ta’sir qiladi?

Maktabda smartfonlarni taqiqlash bolalarga qanday ta’sir qiladi?

Foto: Freepik.com

Maktablarda mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash bolalarning ijtimoiy hayoti va ijodiy qobiliyatini yaxshilashi mumkin. Bu haqda Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti olimlariga asoslanib Healthday xabar berdi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, AQShda 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga o‘rtacha olti soatni ekranga tikilib o‘tkazadi. Hatto dars payti va tanaffuslarda ham smartfonga tinim yo‘q. Oqibatda bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligi va ijodiy qobiliyati rivojlanmay qolishi mumkin — inson zerikkanida ijodiy qobiliyati ishlay boshlaydi, smartfon bolalarning (kattalarning ham) zerikishiga aslo yo‘q qo‘ymaydi...

«Bolalarning 24/7 rejimda smartfonda bo‘lishi — ularda yaratuvchanlik, g‘oyalar va fikrlar o‘ylab chiqish hissi uyg‘onishi yo‘lidagi to‘siqdir», — deya ta’kidlanadi tadqiqotda.

Ijtimoiy tarmoqlar bolaga ong osti ta’sir ko‘rsatishi, ulardagi xavotir hissini kuchaytirishi mumkinligi bilan ham xavfli. O‘qilgan axborot mohiyatini yuzaki tushungan bola dunyoni dushman sifatida qabul qilishi ehtimoli yo‘q emas.

Tadqiqotchilar maktablarni mobil qurilmalarni taqiqlashga chaqirmoqda, ota-onalarga esa kechki ovqatdan so‘ng yoki uyqudan avval bolalar uchun ekran vaqtini cheklash tavsiya etilmoqda. Telefonsiz vaqtni ko‘ngilli o‘tkazish uchun bolalarga ko‘proq sharoitlar yaratish ham muhim vosita, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring