Maktab direktoriga qo‘pol muomalada bo‘lgan IIB xodimiga huquqiy baho beriladi
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda IIB xodimi piyodalar yo‘lakchasidan bolalarni o‘tkazayotgan maktab direktoriga qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat Samarqand viloyati Toyloq tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 3-maktab oldida sodir bo‘lgan.
Videoda o‘zini maktab direktori deb tanishtirgan shaxs ko‘chaning narigi tarafidan maktabga kelayotgan bolalarni piyodalar yo‘lakchasidan o‘tkazish uchun yo‘lning o‘rtasiga chiqib ikki tomondan harakatlanib kelayotgan mashinalarni to‘xtatgani tasvirlangan.
Toyloq tumanida IIB xodimi va maktab direktori o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik holati viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqilib, natijasi jamoatchilikka ma’lum qilinadi. O‘rganishga OAV vakillari ham jalb etiladi. Bundan tashqari, yo‘l harakati qoidalarini buzilganligi holati ham YHXB tomonidan ko‘rib chiqiladi, deyilgan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter