Makronning futbolkasi fransuz politsiyachilarini xafa qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va karikaturachining birgalikda tushgan surati fransuz politsiyachilarini ranjitdi. Makronga futbolkani u bilan politsiyalarning shafqatsizligi borasida suhbat qurgan komikslar muallifi Jyul sovg‘a qilgan.
Komikschi taqdim etgan futbolkada Yevropaning ayrim mamlakatlari huquqni muhofaza qilish organlari ishlatishi taqiqlangan, ammo Fransiyada qo‘llanilayotgan LBD quroli tufayli ko‘zidan ajralgan mushuk tasvirlangan.
«Biz prezidentdan buni kutmagandik. Bu fotosurat — uning prezident bo‘lib qolishiga imkon bergan tartib posbonlariga nisbatan ishonchsizlik va bepisandlik ramzi», — deya ta’kidladi polsiyachilar (Unité SGP Police-FO) kasaba uyushmalari bosh kotibi Iv Lefevr.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter