Politsiyachilarga Tesla avtomobillari yoqmadi
AQShning Kaliforniya shtati politsiyachilariga Tesla avtomobillari yoqmadi. Bu haqda The Drive yozdi.
Politsiyachilarning aytishicha, Ilon Maskning mashinalari ularga to‘g‘ri kelmaydi.
Teslaning nimasi yomon?
Birinchidan, politsiya zobitlari mashinaga kirib o‘tirish va chiqishni noqulay deyishmoqda, buning ustiga, ort o‘rindiqqa atigi birgina qo‘lga olingan shaxsni joylashtirish mumkin. Ya’ni jinoyatchilarni tutish uchun bir emas, bir nechta mashina kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, mashinaning yurish zaxirasi ham qoniqarli emas. Qo‘lga olingan shaxs bilan elektromobil qachon quvvatga to‘lishini kutib o‘tirish xavfli bo‘lishi mumkin.
Kaliforniyada 2035-yildan dizel va benzil yoqadigan yangi avtomobillarni sotish taqiqlanadi. Joriy yil avgustida mahalliy politsiyachilar uchun bir nechta Tesla Model 3 xarid qilindi. Ularga $150 ming sarflashdan tashqari, politsiyachilar uchun moslashtirishga yana $35 ming ketdi.
Politsiyachilarning aytishicha, mashinalar orasida ular uchun Ford F-150 dan yaxshisi yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter