Meksikada poytaxt politsiyasi razvedka boshlig‘i o‘ldirildi
Meksikada Mexiko politsiyasi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Milton Morales qurolli hujum paytida halok bo‘ldi.
Hodisa Mexiko shahridagi Koakalko munitsipalitetida yuz berdi.
Razvedka rahbari uchta o‘qdan jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan.
Meksika poytaxti jamoat xavfsizligi kotibiyati rahbari Pablo Vaskes Kamacho o‘z hamkasbi va do‘sti vafotidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi.
U jinoyatchini tezda qo‘lga olish va javobgarlikka tortish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ma’lum qildi. Keng miqyosli tergov-qidiruv harakatlari boshlangan.
Ma’lum qilinishicha, Milton Morales 2022 yilda o‘tkazgan operatsiyalar davomida 600 kilogramm kokain musodara qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter