Makron G‘arbning gegemonlik davri tugaganini tan oldi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘arbning gegemonlik davri tugab borayotganini ta’kidladi. U o‘z so‘zlarini yangi buyuk davlatlar yanada kuchaygani bilan asosladi.
«Biz dunyoda G‘arb gegemoniyasi intihosiga guvoh bo‘lyapmiz. Vaziyat o‘zgarmoqda», — dedi Makron respublika elchilari bilan uchrashuvdagi nutqida.
Fransuz siyosatchisi bugungi kunda Xitoy oldingi qatorlarga chiqqanini, Rossiya o‘z strategiyasida katta muvaffaqiyatga erishayotganini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter