MIB tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Orif Raupovich Bozorov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar, O.Bozorov Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Ahrorbek Anvarovich Arziyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar, u Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter