Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahallalarda yana ikkita yangi lavozim joriy etiladi

Mahallalarda yana ikkita yangi lavozim joriy etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Prezident endilikda mahalla boshqaruvi yangi yondashuvlar asosida tashkil qilinishini ta’kidladi.

Amaldagi «beshlikka» soliqchi va ijtimoiy xodim ham qo‘shilib, birgalikda ishlaydigan «mahalla yettiligi» bo‘ladi.

Jumladan, aholini 3 ta daftarga kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning o‘zida, kollegial hal qilinadi.

Shuningdek, 3 ta daftarga beriladigan mablag‘lar Bandlik, Tadbirkorlik va Kasanachilik jamg‘armalaridan
har bir mahallaga taqsimlab beriladi.

Ya’ni, mablag‘ni ishlatish mahallaning o‘ziga, «yettilik» ixtiyoriga beriladi.

«Bu – mahallaga ham vakolat, ham mas’uliyat degani», - dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring