Magistratura imtihonida qatnasha olmagan ayrim abituriyentlarga yana imkon berilmoqda
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi respublika OTMlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, (ariza bergan) ammo uzrli sabablarga ko‘ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning murojaatlariga asosan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) ular uchun 22-sentyabr kuni soat 10:00da onlayn test sinovlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Mazkur onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilgan abituriyentlar 21- sentyabr kuni soat 10:00dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlaridan login va paroli orqali onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma olishlari mumkin.
Ulardan ruxsatnomalarida belgilangan manzillarga (hudud, bino) fuqarolik pasporti hamda testda ishtirok etish ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter