Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Magistraturada o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi

Magistraturada o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi

Foto: Xabar. uz

Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. 

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring