Madaniyat va turizm vazirligi «Madaniyat va ma’rifat» telekanaliga ko‘z tikyapti
Madaniyat va turizm vazirligi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali negizida «Karvon» nomli telekanal ochishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Prezidentga kiritib, imzolatib olmoqchi.
Project.gov.uz portaliga joylashtirilgan hujjatga ko‘ra, «Madaniyat va ma’rifat» telekanali qayta nomlanishidan tashqari butun moddiy-texnik bazasi bilan birga Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufiga o‘tadi.
Yangi nomdagi telekanal kino, teatr, sirk va musiqa kabi (vazirlik uzundan-uzoq yo‘nalishni sanagan) kabi yo‘nalishlarni yoritadi.
Yangi telekanalga esa hujjat bilan ayrim masalalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida davlat xaridlarini amalga oshirishga, shuningdek, vazirlik bilan kelishib, xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berilyapti.
Hujjatga ko‘ra, «Karvon» telekanali shtat birliklari soni joriy yil 1-oktyabrdan 20 foizga, 2024-yildan esa 20 foizga, shu jumladan, boshqaruv xodimlari sonini 94 birlikka bosqichma-bochqich maqbullashtiriladi. Shuning hisobidan xodimlar oylik maoshlari oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter