Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga yangi rais tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Gayane Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlandi.
2023-yil 1-iyundagi PQ-177-sonli qarorga muvofiq, u bir vaqtning o‘zida YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining raisi ham hisoblanadi.
Tayinlovga qadar Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori va O‘zbekiston Respublikasining YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter