Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi yangi lotereya tashkil qiladi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi yangi lotereya tashkil qiladi

Foto: «BitNovosti.com»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, Muzeylar renovatsiya dasturini eksperiment tarzida amalga oshiriladi. Renovatsiya dasturini hamda respublikaning madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini yaratish maqsadida Jamg‘armaga lotereyalar tashkil etiladi.

Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazishdan tushadigan daromadlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ixtiyorida qoladi.

Lotereya chiptalarini tarqatish va ular bo‘yicha yutuqlarni to‘lash Jamg‘arma bilan tuzilgan agentlik bitimlari asosida «O‘zbekiston pochtasi» AJ va aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, lotereya chiptalari reklamasi ijtimoiy reklama axboroti hisoblanadi.

Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamg‘armaning xarajatlar smetasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi, unda lotereya tashkil etish va o‘tkazish, shu jumladan, zarur tiraj uskunasini xarid qilish va lotereyalarni uyushtiruvchilarga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar nazarda tutiladi.

Lotereya tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologiyalar va asbob-uskunalarni belgilangan tartibda tuziladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirishda Jamg‘arma 2021-yil 1-sentabrgacha bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etiladi (bundan bojxona rasmiylashtiruvchi uchun to‘lovlar mustasno).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring