Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Issiq-sovuqchi folbin»ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Issiq-sovuqchi folbin»ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2021-yil mart oyida 32 yoshli X.Sitora o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida 31 yoshli T.Shavkatga o‘zini «folbin» deb tanishtirgan. Uning sevgan qizini «issiq-sovuq» orqali qaytarib berishga va’da qilib, jami 3 000 AQSh dollar pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.Sitoraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik, ya’ni ancha miqdorda aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida, X.Sitoraning boshqa jinoyatga aloqadorliklari tekshirilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring