Lukashenko Ukrainada sulh e’lon qilishni taklif qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xalq va parlamentga murojaati chog‘ida Ukrainada sulh e’lon qilishga chaqirdi.
«Bu yerda faqat bitta yo‘l bor: muzokaralar. Oldindan qo‘yiladigan shartlari bo‘lmagan muzokaralar. Men tavakkal qilgan holda harbiy harakatlarni to‘xtatishni taklif qilaman» — dedi u.
BelTA xabariga ko‘ra, Lukashenko sulhni harakat qilish huquqisiz e’lon qilish kerakligini, ikki tomon ham qurol va o‘q-dorilar, kuch va texnikalarni topshirish huquqisiz qo‘shinlarini qayta yig‘ishi lozimligini aytgan. U buni hozir, keskinlik boshlanishidan oldin to‘xtash shartligini aytgan.
Avvalroq Lukashenko o‘zining davri nihoyasiga yetayotgani haqida gapirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter