Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko Rossiya chegaralarini yopib qo‘yish bilan tahdid qildi

Lukashenko Rossiya  chegaralarini yopib qo‘yish bilan tahdid qildi

Foto:«Naviny.by»

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko agar Rossiya chegaralarni yopib qo‘ygudek bo‘lsa, u ham xuddi shunday javob qaytarishini ma’lum qildi. Bu haqda «Argumenti i fakti» nashri xabar bermoqda.

Belarus rahbarining fikricha, Rossiya zudlik bilan ikki davlat o‘rtasidagi chegara nazorati formatini aniqlab olishi lozim.

«Mayli, aniqlayverishsin. Javob qaytarish biz uchun muammo emas, xohlagan paytimizda munosib javob qaytara olamiz. Agar Rossiya chegarani yopishni istasa bemalol», —  dedi Lukashenko.

Shu bilan birga Lukashenko chegaralarni o‘tmishdagi eskilik sarqiti deb atadi va Rossiyani umumiy chegaralardagi nazorat rejimini qayta ko‘rib chiqish zarurligi borasida mustaqil ravishda o‘ylab ko‘rishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring